Samarqandda “World Triathlon Cup Samarkand–2025” doirasida Oʻzbekiston ochiq chempionati boʻlib oʻtdi
2025-05-30 10:35:00 / Yangiliklar

24–25-may kunlari Samarqand viloyatida sportning triatlon va para-triatlon turlari boʻyicha “World Triathlon Cup Samarkand–2025” hamda “World Triathlon Para Cup Samarkand–2025” Jahon kubogi doirasida musobaqa oʻtkazildi.
Mazkur oʻtkazilgan nufuzli musobaqada Ichki ishlar vazirligi terma jamoasi sportchilari ham munosib ishtirok etib 20 dan ortiq davlatlardan kelgan 370 nafar atletlar bilan bellashib jamoaviy va yakkalik bahslarida oʻz mahoratlarini namoyish etdilar.
Erkaklar oʻrtasida triatlonning super sprint masofalari boʻyicha oʻtkazilgan 350 metrga suzish, 13 km masofaga velopoyga hamda 3 km masofaga yugurish boʻyicha super sprint jamoaviy bahslarda IIV terma jamoasi “AGE” toifasida 3 nafar sportchi xodimlar E.Nosirov, A. Xakimov, J. Kaxxorovlar munosib ishtirok etib faxrli 3-oʻrinni qoʻlga kiritishdi.
Shu bilan birga, ushbu yoʻnalish boʻyicha yakkalik bahslarida IIV terma jamoasining yana bir vakili B.Umaraliyev 2-oʻrinni egalladi.
Triatlonning standart masofalar boʻyicha 1500 ming metrga suzish, 40 km masofaga velopoyga va 10 km masofaga yugurish bahslarida yakkalik “AGE” toifasida IIV terma jamoasining yana bir vakili A.Muslinkin faxrli 1-oʻrinni egalladi.
Ichki ishlar organlari xodimlarining ushbu yirik xalqaro sport tadbiridagi muvaffaqiyatli ishtiroklari jismoniy tayyorgarlik, iroda va yuksak masʼuliyatni talab etadigan soha vakillarining ham sport maydonlarida yurtimiz sharafini munosib himoya qilishining yorqin misolidir.






