Buxoroda xalq bilan yuzma-yuz muloqot: Respublika ishchi guruhining ommaviy sayyor qabullari davom etmoqda
2025-05-28 09:00:00 / Yangiliklar

Rasmiy sahifalarimizda xabar berib borayotganimizdek, Respublika ishchi guruhi tomonidan Buxoro viloyatida sayyor qabullar oʻtkazilmoqda.
27-may kuni navbatdagi ommaviy sayyor qabul Buxoro tumanidagi “Yosh paxtakor” oromgohida boʻlib oʻtdi. Unda Ichki ishlar vazirligi hamda viloyat IIB masʼullari ham tomonidan ham Buxoro, Romitan va Peshku tumanlari aholisining sud-huquq, ichki ishlar organlari faoliyatiga doir murojaatlari birma bir koʻrib chiqildi.
Murojaatlarning joyida hal etilishiga alohida ahamiyat qaratilib, qoʻshimcha oʻrganish talab etgan masalalar yuzasidan manzilli choralar belgilandi.
Bu kabi sayyor qabullar orqali aholi bilan ochiq va samarali muloqot oʻrnatish, odamlarning hayot sifatini yaxshilash va ularning huquq hamda manfaatlarini ishonchli taʼminlash uchun oʻzining ijobiy samarasini bermoqda.
Tasdiqlangan grafik asosida ommaviy sayyor qabullar davom etadi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati






