Fargʻona viloyatining Toshloq tumanida Respublikasi ishchi guruhining jismoniy shaxslar hamda yuridik shaxslar uchun ommaviy sayyor qabul oʻtkazildi
2025-05-27 09:00:00 / Yangiliklar

Avval xabar berganimizdek, mazkur qabullarda fuqarolarning IIO tizimi bilan bogʻliq masalalari ham koʻrib chiqilmoqda.
Kelib tushgan har bir murojaat Ichki ishlar vazirligi hamda viloyat IIB rahbariyati tomonidan sinchkovlik bilan oʻrganilib, hal qilish choralari koʻrildi.
Jumladan, sayyor qabulda jami 26 nafar shaxslardan 26 ta murojaatlar kelib tushdi.
Ularning 9 tasi joyida ijobiy hal etildi. Yana 6 tasi yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Koʻrib chiqish uchun qoʻshimcha muddat talab etiladigan 11 ta murojaatlarning ijrosi nazoratga olindi.
Mazkur tadbirlar viloyatimiz hududlarida belgilangan jadval asosida davom etmoqda.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati





