Andijon viloyati IIB boshligʻining navbatdagi shaxsiy qabuli boʻlib oʻtdi
2025-05-26 10:50:00 / Yangiliklar

Andijon viloyati IIB boshligʻi polkovnik Sanjar Djabarov tomonidan viloyatimiz aholisi uchun bugun 25-may kuni navbatdagi shaxsiy qabul tashkil etildi.
Qabul jarayonida aholini oʻylantirayotgan huquqiy masalalar, ichki ishlar organlari faoliyati bilan bogʻliq muammolar, jumladan, jinoyatchilikka qarshi kurash, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash kabi yoʻnalishlardagi murojaatlar koʻrib chiqildi.
Shaxsiy qabulda fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarning aksariyati ijobiy hal etildi. Ayrim murojaatlar yuzasidan malakali huquqiy tushuntirishlar berilgan boʻlsa, koʻrib chiqish talab etilgan murojaatlarning ijrosi nazoratga olindi.
Bunday ochiq muloqotlar fuqarolarning davlat idoralariga boʻlgan ishonchini yanada oshishiga xizmat qilishi bilan ham ahamiyatlidir.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati








