Fargʻona viloyati IIB rahbariyati tomonidan fuqarolar uchun boshqarma binosida navbatdagi qabul oʻtkazildi
2025-05-26 10:40:00 / Yangiliklar

Aholini qiynab kelayotgan muammolarga yechim topish, qonun ustuvorligini taʼminlash maqsadida Ichki ishlar organlari rahbarlari bilan ochiq muloqotlar tashkil qilinmoqda. Bugun Fargʻona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, general-mayor Azizbek Ikramov tomonidan fuqarolar uchun boshqarma binosida qabullar oʻtkazilib, ularni murojaatlari sinchkovlik bilan oʻrganildi.
Qabul davomida fuqarolardan jami 37 ta murojaatlar kelib tushdi. Ulardan 11 tasi joyida ijobiy hal etildi. 16 ta murojaat yuzasidan malakali huquqiy tushuntirishlar berildi. Koʻrib chiqish talab etilgan 10 ta murojaatning ijrosi nazoratga olindi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati






