Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston—2030" strategiyasini "Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida"gi farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga joylashtirildi
2024-02-09 15:00:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi toʻgʻrisida” 2023-yil 11-sentyabrdagi PF–158-son Farmoni ijrosini taʼminlash yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi farmoni loyihasi ishlab chiqilib, www.uzbekistan2030.uz onlayn portali orqali keng jamoatchilikka muhokamaga qoʻyilgan.
Mazkur loyiha bilan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan keng koʻlamli islohotlarni 2024-yilda samarali amalga oshirish, xalqimizning kundalik hayotida ijobiy oʻzgarishlarga erishish boʻyicha tizimli harakatlarni izchil davom ettirish, “yashil iqtisodiyot” tamoyillariga asoslangan yuqori iqtisodiy oʻsish surʼatlarini taʼminlash, ekologik holatni yaxshilash, suv va boshqa tabiiy resurslardan unumli foydalanish standartlarini keng joriy qilish hamda xalq manfaatlariga yoʻnaltirilgan boshqaruvni yanada takomillashtirish nazarda tutilmoqda.
www.uzbekistan2030.uz onlayn portali orqali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi farmoni loyihasi bilan taklif etilayotgan qoidalarni takomillashtirish boʻyicha gʻoya va takliflarni toʻgʻridan toʻgʻri yuborish imkoniyati yaratilgan.
Jamoatchilikdan tomonidan kelib tushgan takliflar ekspertlar tomonidan koʻrib chiqilmoqda.