Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov Navoiy viloyati Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasiga tashrif buyurdi
2024-02-09 13:00:00 / Yangiliklar

Tashrif jarayonida boshqarma nazorat oʻtish joyi, navbatchilik qismi hamda Navoiy temir yoʻl vokzalida xizmat qilayotgan xodimlar faoliyati bilan tanishib, xodimlarga bugungi kunda ichki ishlar organlari sohasida olib borilayotgan islohotlarga barcha xodimlar birdamlik bilan Vatan ravnaqi yoʻlida sadoqat bilan xizmat qilishlari lozimligi taʼkidlandi.
Shuningdek, xodimlar bilan uchrashib, ularning xizmat faoliyati koʻzdan kechirdi hamda shaxsiy tarkibning ishga kelish-ketishi, xizmat va ijro intizomiga qatʼiy amal qilishi, xodimlar oʻrtasidagi oʻzaro hurmat, muomala, yurish-turish, kiyinish madaniyatiga, amaldagi qonunchilikka rioya qilish qoidalariga amal qilinishiga jiddiy eʼtibor qaratilishi, shaxsiy tarkib oʻrtasida sogʻlom muhitni shakllantirish, oʻtkazilayotgan tarbiyaviy ishlarni jadallashtirish, xodimlarning xizmat faoliyati ustidan kunlik nazoratni kuchaytirish, xodimlarning muomala madaniyatini yuksaltirish, odob-axloq qoidalariga qatʼiy rioya etish, xizmatga fidoiylik va sadoqat bilan yondashish, ijrochilik, xizmat intizomi va qonunchilikka qatʼiy amal qilinishini taʼminlash, korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha koʻrsatmalar berdi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati