Buxoro viloyati Jondor tumanida aholi muammolari yechimiga doir navbatdagi sayyor qabul oʻtkazildi
2025-05-25 16:30:00 / Yangiliklar

Rasmiy sahifalarimizda xabar berganimizdek, bugun Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi boshchiligidagi masʼullar aholining sud-huquq hamda ichki ishlar organlari faoliyatiga oid murojaatlarini joyiga chiqib oʻrgangan holda hal etish maqsadida, Jondor tumanining “Luqmon” mahallasida sayyor qabul oʻtkazdi.
Bunda 20 dan ortiq fuqarolarning ichki ishlar vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish, ishga tiklash, surishtiruv va dastlabki tergov, YHXB, turizm, Probatsiya sohalariga doir hamda ijtimoiy masalalarda qilgan murojaatlari birma-bir koʻrib chiqildi.
Qabul davomida asosiy eʼtibor murojaatlarning joyida hal etilishiga qaratilib, qoʻshimcha oʻrganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun vaqt talab qilinganlari ish yurituviga olinib, har biri boʻyicha manzilli chora-tadbirlar belgilandi va ijrosini taʼminlash yuzasidan masʼullarga zaruriy koʻrsatmalar berildi.
Bu kabi sayyor qabullar viloyat IIB boshligʻining oʻrinbosarlari, hududiy ichki ishlar organlari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari boshchiligida barcha shahar va tumanlarda oʻtkazildi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati







