Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan fuqarolar bilan xonadonbay uchrashuv oʻtkazildi
2025-05-25 15:50:00 / Yangiliklar

Andijon viloyati IIB boshligʻi polkovnik Sanjar Djabarov tomonidan Ulugʻnor tumani, Bobur mahallasidagi kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan fuqarolar holidan xabar olindi.
Uchrashuvlarda ularni qiynab kelayotgan muammolari jumladan, ish bilan band qilish, ijtimoiy nafaqalar, tijorat banklaridan tadbirkorlik uchun kredit olish va yana shunga oʻxshagan koʻplab masalalar tinglanib, ularni ijobiy hal etish choralari koʻrildi.
Murojaatlar orasida muayyan muddat talab etadiganlari esa alohida nazoratga olindi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati



