IIV Malaka oshirish instituti ilmiy kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi
2025-05-24 09:00:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti majlislar zalida institut Ilmiy kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Uni institut boshligʻi, Kengash raisi t.f.n., professor, Olimjon Axmedov olib bordi. Yigʻilishda kengash aʼzolari, professor-oʻqituvchilar hamda ilmiy xodimlar ishtirok etdi.
Yigʻilish kun tartibiga qoʻyilgan masalalar boʻyicha ilmiy tadqiqot olib borish istagida boʻlgan xodimlarning mavzulari, professor-oʻqituvchilar tomonidan taqdim etilgan oʻquv-uslubiy majmualar va oʻquv qoʻllanmalar muhokama etildi.
Muhokamaga qoʻyilgan masalalar boʻyicha belgilangan chora-tadbirlar, amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar toʻgʻrisida qarorlar qabul qilindi.
IIV Malaka oshirish instituti





