Buxoro viloyatining Kogon shahrida jamoat xavfsizligini taʼminlash va huquq-tartibotni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar oʻrganildi
2025-05-24 09:00:00 / Yangiliklar

Ushbu tadbirlar Oʻzbekiston Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi 1-sonli Qarori va Vazirlar Mahkamasining 801-sonli Qarori asosida tashkil etildi.
Buxoro viloyati IIB rahbariyati boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan “Xoʻjabargi” mahallasi oʻrganilib, jinoyatchilik holatlari, profilaktik tadbirlar samaradorligi va dronlardan foydalanish amaliyoti tahlil qilindi.
Ichki ishlar boʻlimlarida xavfsizlikka rioya etilishi, murojaatlarni qabul qilish shart-sharoitlari va “E-Material” platformasining faoliyati koʻrib chiqildi.
Oʻtkazilgan yigʻilishda 22–29-mart kunlari boʻlib oʻtgan inspektorlik tekshiruvi natijalari muhokama qilinib, masʼullarning hisobotlari tinglandi.
Tekshiruv natijasida aniqlangan kamchiliklar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish boʻyicha manzilli choralar belgilandi.
“Qoradori-2025” va “Nazorat” tezkor profilaktik tadbirlari doirasida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy tahlil qilinib, samarasiz faoliyat koʻrsatgan masʼullarga intizomiy choralar qoʻllanilishi va faol xodimlarni ragʻbatlantirish yuzasidan qarorlar qabul qilindi.
Shuningdek, xizmat intizomini mustahkamlash, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni taʼminlash va profilaktik ishlar samaradorligini oshirish boʻyicha aniq koʻrsatmalar berildi.
Bunday oʻrganishlar jinoyatchilikning oldini olish, xavfsizlikni taʼminlash va yangi texnologiyalarni joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tizimli ishlar Buxoro viloyatining boshqa hududlarida ham izchil davom ettirilmoqda.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati









