Yoshlar — kelajak bunyodkori. General bilan uchrashuv
2025-05-22 19:15:00 / Yangiliklar

Qoʻqon universitetida Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, general-mayor Bekmurod Abdullayevning yoshlar bilan yuzma-yuz muloqoti boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv avvalida oliygoh hovlisida harbiy texnikalar va tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi xodimlarining koʻrgazmali chiqishlari, milliy hunarmandchilik namunalari koʻrgazmasi yigʻilganlarning eʼtiborini tortdi.
Shu kuni kitoblar yarmarkasi bilan birgalikda yoshlar bandligini taʼminlash maqsadida hamkor tashkilotlar bilan birgalikdagi mehnat yarmarkasi, huquqiy maslahat maydoni ham tashkil qilindi, malakali huquqshunoslar tomonidan mahorat darslari oʻtkazildi. Madaniyat va sanʼat xodimlari tomonidan namoyish etilgan konsert dasturi ham ishtirokchilarga juda manzur boʻldi.
Yoshlarni koʻrikdan oʻtkazish va malakali tibbiy maslahatlar berish maqsadida koʻchma tibbiyot punkti yoʻlga qoʻyilgani ham yigit-qizlarga qoʻshimcha imkoniyat yaratdi.
Samimiy ruhda oʻtgan uchrashuv davomida yoshlarning murojaatlari ijobiy hal etildi, tegishli maslahatlar berildi. Tadbir jarayonida bir guruh faol yoshlar munosib taqdirlandi.
Abduvosit SIDIQOV, oʻz muxbirimiz.
Fargʻona viloyati.
