Namangan viloyatida haydovchilik guvohnomasi olish uchun yangi imtihon markazi ishga tushdi
2024-02-07 09:00:00 / Yangiliklar

Davlatobod tumanining “Yuksalish” mahallasi hududida viloyat fuqarolariga qulaylik yaratish maqsadida eng yangi zamonaviy texnika vositalari bilan jihozlangan “Namangan viloyati imtihon markazi” oʻz faoliyatini boshladi.
Uning tantanali ochilish marosimida Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov va viloyat IIB boshligʻi polkovnik Shuxrat Aliyev qatnashdi.
Marosimda “Namangan viloyati imtihon markazi” oʻz faoliyatini boshlab, ishtirokchilar markazda yaratilgan qulaylik va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.
Maʼlumot uchun: ushbu markaz toʻliq avtomatlashtirilgan boʻlib, nazorat qilish inson omilisiz boshqariladi.
Mazkur innovatsion imtihon markazida yoʻl harakati qoidalarini oʻrgatuvchi maydonchalar soʻnggi rusumdagi zamonaviy uslubda tashkil etilgan.
Imtihon ishtirokchilariga masʼullar tomonidan qonun-qoidalar bilan birgalikda, psixologik koʻmak berish koʻzda tutilgan.
Namangan viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi Axborot xizmati




