Taʼlim sohasidagi davlat vazifalari IIV Malaka oshirish instituti tinglovchilariga yetkazildi
2025-05-21 09:00:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat soatida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi, fizika-matematika fanlari doktori, professor Abdullayev Baxrom Ismoilovich ishtirok etib, Institut professor-oʻqituvchilari hamda Ichki ishlar organlarining barcha darajadagi boʻlim boshliqlari oʻrinbosarlari lavozimiga tayinlash uchun zaxiraga olinganlar hamda Ichki ishlar organlarida uzluksiz oʻquv-karyera jarayoni tizimi asosida kadrlarni tayyorlash boʻyicha “podpolkovnik” maxsus unvonini berish uchun navbatdagi maxsus malaka oshirish oʻquv kursi tinglovchilari bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuvda, B.I.Abdullayev tomonidan hozirgi kunda taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlar hamda Davlatimiz rahbari tomonidan qoʻyilgan vazifalar va talablarni institut professor-oʻqituvchilariga hamda tinglovchilarga yetkazdi.
Shundan soʻng, B.I.Abdullayev tomonidan IIV Malaka oshirish instituti boshligʻi t.f.n., dotsent polkovnik Axmedov Olimjon Tursunbayevichga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan berilgan “professor” ilmiy unvoni diplomi topshirildi.
Uchrashuv davomida xodim va tinglovchilarning qiziqtirgan savollariga batafsil maʼlumotlar berildi.
Mehmon Ichki ishlar organlari xodimlarini kelgusi ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar va zafarlar tiladi.
IIV Malaka oshirish instituti




