Ichki ishlar vaziri oʻrinbosarining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi
2025-05-20 22:30:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 20-may kuni, Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, polkovnik R.Ashropov tomonidan Ichki ishlar vazirligida navbatdagi qabul oʻtkazilib, jismoniy va yuridik shaxslar hamda ularning vakillari bilan suhbat o'tkazdi.
Qabulda vazir oʻrinbosari bilan birga IIV, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining tegishli sohaviy xizmat rahbarlari ham ishtirok etib, fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilishdi.
Qabul davomida, jami 91 nafar fuqarolar 67 ta masala boʻyicha muammolarini hal etishda koʻmak soʻrashdi. Vazir oʻrinbosari tomonidan fuqarolarning muammolari eshitilib, joyida ijobiy hal etilishi mumkin boʻlganlar hal etilib, qolgan murojaatlarda koʻrsatilgan masalalarni hal etish uchun qoʻshimcha muddat talab etilishi sababli ijroga qaratilib, masʼullarga topshiriqlar berildi va qonuniy hal etilishi nazoratga olindi.
Oʻzbekiston Respubikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti





