Qashqadaryo viloyati IIBda jinoyatchilikka qarshi kurash choralari muhokama qilindi
2025-05-20 15:50:00 / Yangiliklar

Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi polkovnik Abduvoxid Ismoilov huzurida shaxsiy tarkibning kriminogen vaziyatni jilovlash, jinoyatlarni oldini olishda xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etishi, xizmat vazifalariga sidqidildan yondashish, korrupsion jinoyatlarga barham berish va bu boradagi ishlarni jadallashtirishga bagʻishlangan tanqidiy-tahliliy yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Unda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosarlari, sohaviy xizmatlar va shahar-tuman ichki ishlar boʻlimlarining barcha shaxsiy tarkibi videoselektor orqali ishtirok etdi.
Tanqidiy ruhda oʻtgan yigʻilishda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, polkovnik Abduvoxid Ismoilov barcha shaxsiy tarkibning kriminogen vaziyatni jilovlash, jinoyatlarni oldini olish, sodir xodimlar bilan sodir boʻlayotgan koʻngilsiz holatlarni barvaqt aniqlash, tamagirlik, korrupsiya va boshqa shu kabi salbiy illatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik qoʻshimcha chora-tadbirlarni kuchaytirish lozimligini taʼkidladi.
Rahbarlar “xodimbay” ishlarni yanada jonlantirish, faoliyat davomida xizmat vaqtida va xizmat kiyimida nooʻrin xatti-harakatlar sodir etmaslik, har bir xodim oʻz ustida mukammal ishlab, amaldagi buyruqlar va qonunlarni puxta oʻrganib, salbiy holatlarga yoʻl qoʻymasliklari, fuqarolar bilan xizmat davomida xushmuomalada boʻlish, koʻp yillardan buyon ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlar yoshlarga xizmat sirlarini oʻrgatishi, nojoʻya holatlarni sezganda darhol uni ogohlantirishi lozimligini tushuntirdi.
Ichki ishlar organlari xodimlari fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda xizmat vazifasini vijdonan bajarishi, murojaatlar bilan ishlashda eʼtibor qaratish lozim boʻlgan holatlar boʻyicha yoʻriqnomalar berildi.
Yigʻilishda vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish, buning uchun xodimlar oʻz ustida ishlab, bilim va malakasini boyitishi, kasbiy mahoratini oshirishi bugungi kun talabi ekanligi sohaviy xizmatlar rahbarlari oldiga vazifa etib qoʻyildi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati







