Fargʻona viloyati Soʻx tumanida jinoyatchilikning oldini olish yoʻnalishida amalga oshirilgan ishlar oʻrganildi
2025-05-20 11:50:00 / Yangiliklar

Prezidentimizning “2025-yilda mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi, xalqimiz osoyishtaligini taʼminlanishiga qaratilgan.
Boshqarma boshligʻi tomonidan tuman Ichki ishlar boʻlimlari, Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi faoliyati, bozorlar, Hushyor va Chashma mahallalarida amalga oshirilgan ishlar hamda profilaktika inspektorining xizmat uyi koʻzdan kechirildi.
Tadbir doirasida, jinoyatchilikni oldini olish, aholi osoyishtaligini taʼminlash, jamoat xavfsizligi hamda raqamlashtirish yoʻnalishida qilingan ishlarga baho berildi.
Xizmat intizomi, hujjatlar yuritilishi, aholi bilan ishlashda eʼtibor qaratish zarur boʻlgan omillar tahlil qilindi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati





