Xorazm viloyati IIB boshligʻi tomonidan sayyor qabul oʻtkazildi
2025-05-20 11:35:00 / Yangiliklar

18-may kuni Xorazm viloyati IIB boshligʻi tomonidan Qoʻshkoʻpir tumanining “Chamanzor” mahallasida sayyor qabul oʻtkazildi.
Qabul davomida fuqarolarning ichki ishlar organlari faoliyati bilan bogʻliq masalalar yuzasidan talab va takliflari, ariza va shikoyatlari oʻrganildi.
Mavjud muammolarning aksariyati masʼul xodimlar ishtirokida hal etildi.
Qoʻshimcha oʻrganishlarni talab etgan murojaatlar alohida nazoratga olindi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati







