Navoiy viloyati IIB boshligʻining shaxsiy qabuli boʻlib oʻtdi
2025-05-19 10:25:00 / Yangiliklar

Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasida fuqarolar uchun IIB boshligʻining shaxsiy qabuli tashkil etildi. Qabul davomida aholi vakillari tomonidan huquqiy, ijtimoiy va shaxsiy muammolar boʻyicha murojaatlar bildirildi. Unda har bir murojaat yoʻnalishi boʻyicha mutaxassislar bilan birgalikda oʻrganilib, ayrim masalalar joyida hal etildi. Qolgan murojaatlar boʻyicha tegishli tartibda choralar koʻrilishi aytildi va alohida nazoratga olinishi belgilandi.
Shaxsiy qabul fuqarolarning muammolarini toʻgʻridan-toʻgʻri yetkazish va ularni hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati







