Jizzax viloyat Ichki ishlar boshqarmasida fuqarolar uchun navbatdagi qabul oʻtkazildi
2025-05-19 10:10:00 / Yangiliklar

Viloyat IIB boshligʻining bu galgi qabulida 15 nafar fuqarolarning turli masalalardagi murojaatlari eshitildi va muammolarga yechim topish choralari izlandi.
Xususan, mol-mulk masalasida nizoli holatlarni hal etish, firibgarlik, tergov faoliyati, qonunbuzarga chora koʻrish, bandlik, kredit va pul oldi-berdisi kabi murojaatlar eshitilib, ularning aksariyatiga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi. Yechimi muddat talab qiladigan masalalar ijrosi nazoratga olindi.
Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati









