Qashqadaryo viloyatida “Tinch va farovon mahallam sari” tamoyili asosida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan oʻquv-qoʻllanma ishlab chiqildi
2025-05-18 09:00:00 / Yangiliklar

Davlat rahbarining 1-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi va Koson tumani hokimligi hamkorlikda mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish uchun «Tinch va farovon mahallam sari« tamoyili doirasida oʻquv qoʻllanmasi ishlab chiqildi.
Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish, kriminogen vaziyat ogʻir mahallalarda ilmiy-amaliy yondashuvlar asosida joylarga chiqqan holda maqsadli oʻrganishlarni oʻtkazish orqali huquqbuzarliklarga sabab boʻlayotgan asl omillarni aniqlash va barham berish boʻyicha tashkiliy-huquqiy choralarni koʻrish, yoshlar, ayollar va ishsizlar tomonidan, shuningdek, oila-turmush munosabatlari doirasida sodir yetiladigan jinoyatlarning oldini olish maqsadida oʻtkazilgan oʻrganishlar natijasida tumanda «Tinch va farovon mahallam sari« oʻquv qoʻllanmasi ishlab chiqildi.
Qoʻllanma doirasida huquqbuzarliklar profilaktikasiga yangicha ish uslublarini tatbiq qilish, aholining huquqiy ongi, ijtimoiy faolligi va fuqarolik masʼuliyatini oshirish, jinoyat sodir yetilishiga sabab boʻlgan ijtimoiy muammolarni hal yetishga jamoatchilik vakillari, nuroniylar va mahalla faollarini keng jalb yetish, jamoat joylari va yashash xonadonlarida xavfsiz muhit yaratish, sogʻligʻi va mol-mulkiga qaratilgan tajovuzlarning oldini olishga zamonaviy raqamli texnologiyalar va texnik vositalarni keng joriy yetish, mahallada har kuni mahalla yettiligi aʼzolari bilan birga kamida 10 ta xonadonga kirib, aholining ijtimoiy ahvoli, yashash sharoiti, daromad manbai, bandligi, ichki muammolari va takliflarini oʻrganib, tegishliligi boʻyicha hamkorlikda muammolarni hal qilish ishlarini yanada jonlantirish maqsadida Koson tumanidagi 74 ta mahallalar va xizmat olib borayotgan “Mahalla yettiligi” aʼzolari oʻrtasida joriy yil 16-maydan 31-dekabrgacha «Tinch va farovon mahallam sari« shiori ostida tanlov oʻtkazish belgilandi.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati








