IIV ishchi guruhi tomonidan Namanganda jinoyatchilikning oldini olish va xavfsiz muhit yaratish masalalari muhokama qilindi
2025-05-18 09:00:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ishchi guruhi tomonidan Namangan viloyatida xavfsiz muhitni yaratish orqali aholi roziligiga erishish borasida barcha tegishli idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlarda amaliy yordam koʻrsatish ishlari yuzasidan muhokama yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilishda, Prezidentimizning joriy yil qabul qilingan bir qator qarorlar asosida (PQ-1, PQ-110, PQ-111, PQ-153) mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, Namangan shahar, Yangi Namangan va Davlatobod tumanlarida oʻtgan davr mobaynida huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda jinoyatchilikning oldini olish borasida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish, hududda jinoyatlarni jilovlash boʻyicha chuqur tahlillar asosida aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Axborot xizmati



