Andijon viloyati boʻylab “Xavfsiz va sogʻlom yurt” tezkor-profilaktik tadbiri doirasidagi ishlar tanqidiy muhokama qilindi
2025-05-17 12:25:00 / Yangiliklar

Yurtimizda jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash, aholi xavfsizligini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan “Xavfsiz va sogʻlom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbiri davomida qator amaliy ishlar olib borildi.
Ushbu amalga oshirilgan ishlar va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar Andijon viloyati IIB boshligʻi polkovnik Sanjar Djabarov boshchiligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida tanqidiy koʻrib chiqildi.
Tadbir doirasida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish boʻyicha tizimli choralar koʻrilgan boʻlsa-da, ayrim hududlarda profilaktik tadbirlar yetarli darajada samarali tashkil etilmaganligi tanqidiy tahlillar asosida muhokama qilindi.
Bunday tadbirlar faqat vaqtincha emas, balki uzluksiz tarzda tashkil etilgandagina kutilgan ijobiy natijalarga erishish mumkinligi taʼkidlanib, kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan aniq vazifalar boʻyicha qoʻshimcha koʻrsatmalar berildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati









