Ichki ishlar vazirligi ishchi guruhining yakuniy yigʻilishi boʻlib oʻtdi
2025-05-17 11:20:00 / Yangiliklar

Xabaringiz bor, yakuniga yetayotgan hafta davomida Fargʻona shahri hamda hududlarda “Xavfsiz va sogʻlom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbiri doirasida Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti rahbariyati tomonidan oʻrganish ishlari olib borildi, jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish boʻyicha soha xodimlariga koʻmaklashildi.
Oʻrganish yakunlariga bagʻishlangan tadbirda jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish, mahallalarda xavfsiz muhitni taʼminlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar tahlil qilinib, oldinda turgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Axborot xizmati




