Hududlarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish boʻyicha Samarqand viloyati Bulungʻur tumanida manzilli oʻrganishlar olib borildi
2025-05-17 07:55:00 / Yangiliklar

Viloyat IIB boshligʻi polkovnik Rahmat Mamatov Bulungʻur tumani mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish boʻyicha olib borilayotgan ishlarni koʻzdan kechirdi.
Boshqarma boshligʻi yangidan qad rostlagan 10-sonli huquq tartibot maskanida boʻlib, bu yerda xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.
Maskanning barcha shaxsiy tarkibi bilan suhbatlashib, kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar hamda tasdiqlangan yoʻl xaritasi ijrosi yuzasidan topshiriqlar berildi.
Shuningdek, ichki ishlar organlarining boshqa huquqni muhofaza qiluuvchi organlar va keng jamoatchilik bilan hamkorlikda ishni tashkil etishi yuzasidan koʻrsatmalar berildi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati








