Xalqaro oila kuni munosabati bilan IIV Akademiyasida ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi
2025-05-17 07:35:00 / Yangiliklar

Soha mutaxassislari, olimlar, taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillari yigʻilgan tadbirda oila qonunchiligini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Konferensiya ochilishida oila institutini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar eʼtirof etildi. Jamiyat barqarorligi, aholining turmush darajasi va farovonligi oilalarda hukm surayotgan sogʻlom maʼnaviy muhitga bogʻliq ekanligi taʼkidlandi.
Ilmiy-amaliy anjumanda oila institutining huquqiy va institutsional asoslarini takomillashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Mutaxassislarning “Oilaviy munosabatlarda vorislik huquqi”, “Oila aʼzolarining shaxsiy nomulkiy huquqlarini amalga oshirish va himoya qilish muammolari”, “Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarda nikohdan ajratish bilan bogʻliq ishlarni koʻrishning oʻziga xos xususiyatlari” va boshqa mavzudagi maʼruzalari, muhim taklif va tavsiyalari tinglandi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati









