Mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonada koloniya tibbiyot xodimlari uchun oʻquv mashgʻulotlari tashkillashtirildi
2024-02-04 10:00:00 / Yangiliklar

Birinchi mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi 23-son mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxona koʻp tarmoqli klinikada 6-mintaqaviy muvofiqlashtirish markazida joylashgan jazoni ijro etish koloniyasi tibbiyot xodimlari oʻrtasida oʻquv mashgʻulotlari tashkillashtirildi.
Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi jazoni ijro etish Departamenti tasarrufidagi muassasalarida xizmat qilayotgan tibbiy xodimlarning kasbiy malakasini oshirish, oʻzaro tajriba almashish boʻyicha tizimli ishlar boshlab yuborildi.
Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi JIED boshligʻining 2024-yil 15-yanvar kunidagi 13-sonli farmoyish ijrosini taʼminlash maqsadida oltinchi mintaqaviy hududda joylashgan jazoni ijro etish koloniyalarida tibbiyot yoʻnalishi boʻyicha xizmat qilayotgan xodimlarni birinchi mintaqaviy hudud mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxona koʻp tarmoqli klinikasida oʻquv mashgʻulotlariga jalb etildi.
Oʻquv mashgʻulotlari davomida Departament Tibbiyot boʻlim boshligʻi polkovnik B. Yusupov tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qonun va qarorlari, IIV va Sogʻliqni saqlash vazirligining amaldagi meʼyoriy hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish hamda qoʻshimchalar yuzasidan tegishli tushunchalar berildi.
IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti Axborot xizmati



