Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrida aholi uchun ommaviy sayyor qabul tashkil etildi
2025-05-14 20:35:00 / Yangiliklar

Sayyor qabulda aholi murojaatlarini oʻrganish, ularni samarali hal etish, xalq bilan ochiq muloqot oʻrnatish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish masalalariga jiddiy eʼtibor qaratildi.
Tadbir doirasida fuqarolardan ichki ishlar organlari faoliyatiga oid jami 155 ta murojaatlar qabul qilinib, atroflicha o'rganildi.
Murojaatlarni koʻrib chiqish jarayonida fuqarolarning real ehtiyoj va talablarini inobatga olgan holda, uzoq yillar davomida yechimini topmay kelayotgan muammolarni aniqlash va bartaraf etishga alohida eʼtibor berildi.
Taqdim etilgan murojaatlarning 62 tasi (40 foizi) tegishli tartibda ijobiy hal etilgan boʻlib, koʻrib chiqilishi vaqt talab qilganligi sababli 93 ta murojaat (60 foizi)ni oʻrganish masalasi qatʼiy nazoratga olindi. Qabulda 13 nafar fuqaro tomonidan minnatdorlik ifodalangan xatlar ham taqdim etildi.
Shuningdek, sayyor qabul davomida 17 nafar fuqaroligi boʻlmagan shaxslar mamlakatimiz qonunchiligiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi etib tan olinib, ularga fuqarolik ID-kartalari tantanali ravishda topshirildi.
Bugungi davrda ichki ishlar organlari tomonidan joylarda aholi bilan ochiq muloqot oʻrnatishga alohida ahamiyat berilmoqda. Barcha darajadagi rahbarlar tomonidan sayyor qabullar, yuzma-yuz uchrashuvlar hamda murojaatlar bilan ishlash tizimli asosda tashkil etilmoqda.






