Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida Ichki ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan Ichki ishlar organlariga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazildi
2025-05-14 12:50:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar vazir oʻrinbosari general-mayor Bekmurod Abdullayev uchrashuv davomida yoshlar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflarini tinglab, ularning masalalari oʻrganilib hal etish uchun masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, viloyat IIB tomonidan oʻsmir yoshlar oʻrtasida turli huquqbuzarlik, jinoyatchilik, giyohvandlik, ichkilikbozlik kabi illatlarning kelib chiqishi holatlarining oldini olish, notinch oiladagi voyaga yetmaganlar bilan tarbiyaviy ishlarni tashkil etish, ularni jismoniy tarbiyalash hamda sogʻlomlashtirish tadbirlarini amalga oshirish, ijtimoiy-iqtisodiy yordam koʻrsatish, davolash va reabilitatsiya qilish, mehnatga layoqatli yoshlarni ishga jalb qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida soʻz yuritildi.
Yoshlarni qiziqtirgan barcha savollariga batafsil javob qaytarildi.
Shundan soʻng, viloyat IIB sohaviy xizmatlari tomonidan koʻrgazmali chiqishlar namoyish etilgani yoshlarda yodda qolarli taassurot qoldirdi.
IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Axborot xizmati








