Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida bir nechta masalalar muhokamasiga bagʻishlangan kengaytirilgan tezkor yigʻilish oʻtkazildi
2025-05-14 11:30:00 / Yangiliklar

Buxoro viloyati IIBda kengaytirilgan tezkor yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda boshqarma rahbarlari, sohaviy xizmatlar, hududiy organlar shaxsiy tarkibi videokonferensiya orqali ishtirok etdi.
Yigʻilishda avvalo “Oila – muqaddas dargoh“ mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy dars oʻtkazildi. Shundan soʻng 2025-yilning 4 oyi 10 kunidagi jinoyatlar tahlil qilindi. Jumladan:
• Tashabbus bilan aniqlangan jinoyatlar, ochilmagan jinoyatlarni fosh etish, qidiruvdagi shaxslarni ushlash ishlari;
• Tergov va surishtiruv jarayonlari, murojaatlar bilan ishlash holati;
• Oʻgʻrilik, firibgarlik, oilaviy zoʻravonlikka qarshi profilaktik choralar;
• “Nazorat” tadbiri doirasida profilaktik hisobdagi shaxslar bilan ish;
• Xotin-qizlar va yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarni oldini olish;
• Taʼlim muassasalarida “Davomat” va “Tigʻ” tadbirlarini kuchaytirish;
• “Qoradori–2025” va “Xavfsiz va sogʻlom yurt” tadbirlari natijalari koʻrib chiqildi.
Yigʻilish yakunida xizmatini vijdonan bajargan xodimlar ragʻbatlantirildi:
1 nafar xodim III darajali koʻkrak nishoni, 1 nafar “Faxriy yorliq”, 3 nafar “Podpolkovnik”, 15 nafar “Leytenant” unvonlarini oldi. 8 nafar xodim yuqori koʻrsatkichlari, 2 nafar xodim porani rad etgani uchun pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Shuningdek, xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi, masʼullarga topshiriqlar berildi va ijrosi nazoratga olindi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati
