Ichki ishlar vazirligi rahbariyati Toshkent viloyati Chirchiq shahri temir yoʻl bekatiga tashrif buyurdi
2025-05-13 17:00:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Toshkent mintaqasi temir yoʻl transportida xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasining Chirchiq temir yoʻl bekatidagi boʻlinmasi xodimlar bilan uchrashib, 2025-yil uchun moʻljallangan bir qator manzilli chora-tadbirlarni jadallashtirish, xususan temir yoʻl transportida yoʻlovchi fuqarolar va tashilayotgan yuk vagonlarining xavfsizligini taʼminlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, xodimlar oʻrtasida xizmat va ijro intizomi, qonunchilik talablariga qatʼiy rioya qilishlari, xodimlarning xizmat faoliyati ustidan kunlik nazoratni kuchaytirish boʻyicha bir qator vazifalar berildi.
Shuningdek, Chirchiq temir yoʻl bekatida XTB xizmat hududidan oʻtuvchi “Toshkent-Xoʻjakent“ elektropoyezdi hamda yuk vagonlarning doimiy nazoratini taʼminlash, xodimlarning xizmat faoliyatini yanada takomillashtirish, Chirchiq temir yoʻl bekatida XTB maʼmuriy binosida yaratilgan shart-sharoitlar koʻzdan kechirilib, Chirchiq temir yoʻl vokzali ishchi xodimlari bilan uchrashib, doimiy hamkorlikda ish olib borish, hamkorlikni yanada kuchaytirish zarurligi, mavjud resurslardan unumli foydalanish, shuningdek ish jarayonida zamonaviy axborot kommunikatsiya vositalarini qoʻllash orqali ish samaradorligini kuchaytirish yuzasidan koʻrsatmalar berildi.
IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti Axborot guruhi






