Navoiy viloyati IIB rahbariyatining navbatdagi shaxsiy qabuli oʻtkazildi
2025-05-13 09:00:00 / Yangiliklar

Fuqarolarning murojaatlarini tinglash, tez va sifatli hal etish maqsadida Navoiy viloyati IIB boshligʻi navbatdagi shaxsiy qabulini oʻtkazdi.
Unda viloyatning turli hududlaridan kelgan fuqarolar oʻzlarining ijtimoiy muammolari, shuningdek, shikoyat va takliflari bilan ishtirok etdi.
Qabul jarayonida 10 dan ortiq murojaatlar tinglanib tegishliligi boʻyicha masʼullarga yoʻnaltirildi.
Ular orasida aksari joyida hal etilib, baʼzilariga huquqiy yoʻl-yoʻriq va tavsiyalar berildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati



