Ichki ishlar vazirligi rahbariyati IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligiga qarashli 7534-sonli harbiy qismga tashrif buyurdi
2025-05-12 14:05:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov harbiy xizmatchilar bilan uchrashish va ularga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishish maqsadida, Toshkent shahrida joylashgan Qorovul qoʻshinlariga qarashli 7534-sonli harbiy qismga tashrif buyurib harbiy qismlarda xizmat olib borayotgan harbiy xizmatchilar bilan uchrashdi. Uchrashuvdan koʻzlangan asosiy maqsad — harbiy xizmatchilarning ahvoli, ularning fikr-mulohazalari va muammolarini oʻrganish, shuningdek, tizimdagi dolzarb vazifalarni belgilab olishdan iborat boʻldi.
Tadbir davomida Vazir oʻrinbosari harbiy qismning kundalik faoliyati, shaxsiy tarkibning jangovar tayyorgarligi va moddiy-texnikaviy taʼminoti bilan yaqindan tanishdi. Harbiy xizmatchilar bilan yuzma-yuz muloqot chogʻida ularning taklif va muammolari tinglandi, aniq yechim talab qiluvchi masalalar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Shuningdek tashrif chogʻila Harbiy intizomni yanada mustahkamlash harbiy tartibga rioya qilish masalasida qatʼiy nazoratni taʼminlash, Harbiy xizmatchilar uchun ijtimoiy sharoitlarni yaxshilash — uy-joy, tibbiy xizmat va oilaviy qoʻllab-quvvatlash masalalariga alohida eʼtibor qaratish, Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash — harbiy-vatanparvarlik tadbirlarini kengaytirish va jamoatchilik bilan hamkorlikni kuchaytirish, Zamonaviy texnologiyalardan foydalanish — harbiy tayyorgarlik jarayonlarini raqamlashtirish va innovatsion yondashuvlarni joriy etish zarurligini taʼkidlab oʻtdi.
Tadbir davomida xalqaro va respublika miqyosida oʻtkazilgan sport musobaqalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan, navbatdagi harbiy unvon olgan harbiy xizmatchilarga diplom va esdalik sovgʻalar topshirdilar.
Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti Axborot xizmati


