Andijon viloyati IIB boshligʻining fuqarolar uchun navbatdagi shaxsiy qabuli oʻtkazildi
2025-05-12 12:15:00 / Yangiliklar

Fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, hafta davomida kundalik mehnat faoliyat bilan band boʻlgan aholiga qulaylik yaratish, ularning ichki ishlar organlari rahbarlari bilan ochiq muloqot qilishlarini taʼminlash maqsadida Andijon viloyati IIB boshligʻi polkovnik Sanjar Djabarovning 11-may kuni navbatdagi shaxsiy qabuli tashkil etildi.
Qabul davomida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarning aksariyati ijobiy hal etildi. Ayrim murojaatlar yuzasidan malakali huquqiy tushuntirishlar berilgan boʻlsa, koʻrib chiqish talab etilgan murojaatlarning ijrosi nazoratga olindi.
Shaxsiy qabulda yurtdoshlarimizning har bir murojaati yuzasidan qoʻshimcha oʻrganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun tegishli sohaviy xizmat rahbarlariga topshiriqlar berildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati









