Buxoro viloyati Qorakoʻl tumanida aholi muammolari yechimiga doir sayyor qabul oʻtkazildi
2025-05-12 11:35:00 / Yangiliklar

Rasmiy sahifalarimizda xabar berganimizdek, bugun Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi boshchiligidagi masʼullar aholining sud-huquq hamda ichki ishlar organlari faoliyatiga oid murojaatlarini joyiga chiqib oʻrgangan holda hal etish maqsadida, Qorakoʻl tumanining “Qorakoʻl” mahallasida sayyor qabul oʻtkazdi.
Bunda 20 ga yaqin fuqarolarning ichki ishlar organlari tizimiga ishga joylashish, oʻqishga kirish, surishtiruv va dastlabki tergov, probatsiya sohalariga doir hamda ijtimoiy masalalarda qilgan murojaatlari birma-bir koʻrib chiqildi.
Qabul davomida asosiy eʼtibor murojaatlarning joyida hal etilishiga qaratilib, qoʻshimcha oʻrganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun vaqt talab qilinganlari ish yurituviga olinib, har biri boʻyicha manzilli chora-tadbirlar belgilandi va ijrosini taʼminlash yuzasidan masʼullarga zaruriy koʻrsatmalar berildi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati






