Navoiy viloyati IIBda inspektor-psixologlar bilan uchrashuv hamda IIV Akademiyasi Xizmat psixologiyasi va kasbiy madaniyati faoliyati kafedrasi professorlari ishtirokida oʻquv-seminari oʻtkazildi
2025-05-11 10:00:00 / Yangiliklar

Navoiy viloyati IIB boshligʻi, polkovnik Azat Tasbayev shahar-tuman IIBlarda xizmat olib boruvchi inspektor-psixologlar bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Unda viloyatda voyaga yetmaganlar orasida jinoyat va huquqbuzarliklarning kelib chiqish omillari tahlil qilinib, yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar muhokama qilindi.
Kelgusida voyaga yetmaganlar oʻrtasida sodir etilishi mumkin boʻlgan huquqbuzarlik va jinoyatlarni barvaqt oldini olish, taʼlim muassasalarining kriminogen vaziyatini yaxshilash, profilaktik-targʻibot tadbirlarini amalga oshirish hamda taʼlim muassasalarining rahbar va oʻqituvchilari bilan muntazam ravishda axborot almashinuvini kuchaytirish kabi bir qancha topshiriqlar berildi.
Shundan soʻng, IIV Akademiyasi Xizmat psixologiyasi va kasbiy madaniyati faoliyati kafedrasi boshligʻi, podpolkovnik B.Sirliyev tomonidan xodimlarga xizmat intizomi buzilishi, doimiy charchoq, ishonchsizlik, tushkunlik va norozichilik kabi salbiy holatlarga yoʻl qoʻymaslik va ruhiy zoʻriqishlarning oldini olish hamda voyaga yetmaganlarning ruhiy holatini oʻrganish va barqarorlashtirish, ular bilan doimiy ravishda muloqotda boʻlish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati





