Ichki ishlar vazirligi rahbariyati huzurida Probatsiya xizmati faoliyatini takomillashtirishga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi
2025-05-11 09:00:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar vazirligi rahbariyati huzurida Probatsiya xizmati faoliyatini takomillashtirish, nazorat ostidagilarga ijtimoiy-huquqiy va psixologik yordam koʻrsatish, ayniqsa, ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolarni ijro etishda, probatsiya nazorati ostidagi shaxslarning xulq-atvori ustidan taʼsirchan nazoratni amalga oshirish, nazorat ostidagilar tomonidan qayta jinoyat sodir etilishini oldini olishga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
Shuningdek, ilgʻor xorijiy tajriba va xalqaro standartlarni inobatga olgan holda Probatsiya nazoratidagi shaxslarni jamiyatdan ajratmagan holda jamoatchilik bilan uzviy hamkorlikda qayta tarbiyalash borasidagi kelgusida amalga oshiriladigan keng koʻlamli chora-tadbirlar belgilab olindi.
IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Axborot xizmati



