IIV Malaka oshirish institutida raqamli texnologiyalar va kiberjinoyatchilikka qarshi kurash boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari olib borilmoqda
2025-05-09 09:00:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida maxsus malaka oshirish kursi tinglovchilari bilan ichki ishlar organlarida raqamli texnologiyalarni joriy etish va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari olib borilmoqda.
Mashgʻulotlarda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi hamda “Ichki ishlar vazirligida Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika departamentini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlari va ularda belgilangan ustuvor vazifalar toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berildi.
Darhaqiqat, bugungi kunda axborot texnologiyalari sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ichki ishlar organlari faoliyatining samaradorligini oshirish, fuqarolarning tinch va osoyishta hayot kechirishini taʼminlash, yurtimizda jinoyatchilikning oʻsishiga yoʻl qoʻymaslik imkonini beradi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati



