Qashqadaryo viloyati IIB rahbariyati tomonidan “Xavfsiz va sogʻlom yurt” tadbiri doirasida Nishon va Mirishkor tumanlarida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy-tahlil etildi
2025-05-09 09:00:00 / Yangiliklar

Qashqadaryo viloyat IIB boshligʻi polkovnik Abduvoxid Ismoilov “Xavfsiz va sogʻlom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbiri doirasida Nishon va Mirishkor tumanlarida amalga oshirilgan ishlarni tanqidiy-tahlil etdi.
Xususan, har ikki tumanda kriminogen vaziyatni jilovlash, jinoyatlarni oldini olish va fosh etish, giyohvandlik va shu kabi illatlarga qarshi kurash, tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, ijtimoiy profilaktikani kuchaytirish, nazoratdagi hamda jinoyat sodir etishga moyil shaxslar bilan manzilli ishlar olib borish kabi yoʻnalishlardagi natijalar muhokama qilindi.
Shuningdek, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, jamoat tartibini saqlash, xavfsizlikni taʼminlash va kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasida ichki ishlar organlari xodimlari faoliyati tahlil etilib, masʼul xodimlar zimmasiga aniq vazifalar yuklanib, masʼullar ogohlantirildi.
Amalga oshirilgan ishlarni tahlil etib, bu yoʻnalishdagi tadbirlarni yanada kuchaytirish, osuda turmushga zamin hozirlash uchun fuqarolar gavjum toʻplanadigan joylar, bozorlar, choyxonalar savdo doʻkonlariga videokameralar oʻrnatish ishlarini jadallashtirish, ishchanlik holatini tekshirish, jarayonda keng jamoatchilik, ayniqsa, mahalliy hokimliklar, korxona va tashkilotlarning mahalla yettiligi bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish lozimligini yuzasidan manzilli topshiriqlar berildi.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati









