“9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi harbiy xizmatchilari “Sharaf lentalari“ tarqatish tadbirida faol ishtirok etishdi“
2025-05-09 09:00:00 / Yangiliklar

9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan yosh avlod qalbida ona vatanga sadoqat, mardlik va vatanparvarlik kabi sifatlarini rivojlantirish maqsadida mamlakatimizning barcha hududlarida koʻngilochar tadbirlar oʻtkazilib kelinmoqda.
Shu munosabat bilan Toshkent shahrining diqqatga sazovor, aholi toʻplanadigan joylar, mahallalar, savdo shoxobchalari va yoʻllarda faol va koʻngilli yoshlar tomonidan milliy davlat bayrogʻi ramzi tushirilgan tasma “Sharaf lentalari”ni tarqatish tadbirlari ham boʻlib oʻtdi, ushbu tadbirlarda, IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi bir guruh harbiy xizmatchilari ham faol tarzda ishtirok etib, oʻziga xos tarzda tashkil etilgan aksiyada oʻzlarining munosib hissalarini qoʻshishdi.
Shuningdek, qoʻmondonlik namunali koʻrgazmali orkestr jamoasining chiqishlari esa barcha yuqori kayfiyat ulashdi.
IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi Axborot guruhi



