Namangan viloyatida IIV ishchi guruhi va viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlarining sayyor qabuli tashkil etildi
2025-05-07 09:00:00 / Yangiliklar

Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi “Madaniyat markazi”da respublika ishchi guruhi va viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlarining aholini yashash hamda turmush sharoitlarini oʻrganish, mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida sayyor qabuli tashkil etildi.
Unda Ichki ishlar organlari faoliyati bilan bogʻliq masalalar yuzasidan murojaat qilgan fuqarolar viloyat IIB boshligʻi va IIVning masʼul rahbari tomonidan qabul qilindi.
Qabul davomida fuqarolarning 18 ta turli masalalardagi murojaatlari koʻrib chiqildi va 12 tasi joyida ijobiy hal etilib, muddat talab etganlari esa masʼullarga biriktirildi hamda ijrosi alohida nazoratga olindi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati





