Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rahbariyatining navbatdagi shaxsiy qabuli oʻtkazildi
2025-05-05 09:00:00 / Yangiliklar

Fuqarolarning hayotiy muammo va ehtiyojlarini hal yetish, aholi bilan ochiq, toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni kuchaytirish bugunning dolzarb vazifalaridan biri. Aholi murojaatlarini tinglash, oʻrganish va hal yetish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekovning navbatdagi shaxsiy qabuli oʻtkazildi.
Shaxsiy qabul davomida 20 fuqaroning murojaatlari qabul qilinib, har bir murojaat boʻyicha fuqarolarning muammolari tinglanib koʻpchilik murojaatlar joyida hal qilindi oʻrganish ishlarini talab qilinadiganlariga muddat belgilanib ijrosi yuzasida tegishi masʼullarga topshiriqlar berildi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati




