Xorazm viloyati IIB rahbariyati tomonidan navbatdagi sayyor qabul oʻtkazildi
2025-05-05 09:00:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 4-may kuni Xorazm viloyati IIB rahbariyati tomonidan Xonqa tumanining “Ezgulik“ mahallasida navbatdagi sayyor qabul oʻtkazildi.
Qabul davomida fuqarolarning ichki ishlar organlari faoliyati bilan bogʻliq masalalar yuzasidan talab va takliflari, ariza va shikoyatlari oʻrganildi.
Mavjud muammolarning aksariyati masʼul xodimlar ishtirokida hal etildi.
Qoʻshimcha oʻrganishlarni talab etgan murojaatlar alohida nazoratga olindi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati









