Andijon viloyati IIB rahbariyatining fuqarolar uchun navbatdagi shaxsiy qabuli oʻtkazildi
2025-05-05 09:00:00 / Yangiliklar

Davlatimiz rahbari tomonidan “Xalqni rozi qilish!” yoʻlida barcha rahbarlar birdek harakat qilishi, xalq dardini oʻz dardi kabi his etib faoliyat olib borishi asosiy vazifa etib belgilangan.
Ayni shu maqsadda joriy yilning 4-may kuni Andijon viloyati IIB boshligʻi polkovnik Sanjar Djabarovning navbatdagi shaxsiy qabuli boʻlib oʻtdi.
Qabul davomida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarning aksariyati ijobiy hal etildi. Ayrim murojaatlar yuzasidan malakali huquqiy tushuntirishlar berilgan boʻlsa, koʻrib chiqish talab etilgan murojaatlarning ijrosi alohida nazoratga olindi.
Shaxsiy qabulda yurtdoshlarimizning har bir murojaati yuzasidan qoʻshimcha oʻrganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun tegishli sohaviy xizmat rahbarlariga topshiriqlar berildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati









