Buxoro viloyatining Peshku tumanida oʻtkazilgan navbatdagi sayyor qabul aholi muammolarining yechimiga xizmat qildi
2025-05-05 09:00:00 / Yangiliklar

Rasmiy sahifalarimizda xabar berganimizdek, bugun Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi boshchiligidagi masʼullar olis hududlar aholisining sud-huquq hamda ichki ishlar organlari faoliyatiga doir murojaatlarini joyiga chiqib oʻrgangan holda hal etish maqsadida, Peshku tumanining “Chigʻirchi” mahallasida sayyor qabul oʻtkazdi.
Bunda 30 dan ortiq fuqarolarning ishga joylashish, qayta tiklash, surishtiruv va dastlabki tergov, probatsiya, migratsiya sohalariga doir va boshqa ijtimoiy masalalarda qilgan murojaatlari birma-bir koʻrib chiqildi.
Qabul davomida asosiy eʼtibor murojaatlarning joyida hal etilishiga qaratilib, qoʻshimcha oʻrganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun ish yurituviga olinganlari yuzasidan manzilli chora-tadbirlar belgilanib, ijrosini belgilangan vaqtda taʼminlash borasida mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati









