Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasida navbatdagi fuqarolar qabuli oʻtkazildi
2025-05-05 09:00:00 / Yangiliklar

Rahbarlarning fuqarolar bilan yuzma-yuz qabullari aholi kundalik turmushi, ularning huquq va manfaatlarini taʼminlash, muammo hamda kamchiliklariga barham berish orqali taraqqiyotni jadallashtirishga xizmat qilmoqda.
Odamlar bilan muloqot qilish xalq ichiga kirib borish, uning tashvish va muammolarini chuqur oʻrgangan holda tegishli idora va tashkilotlar bilan bamaslahat hal etishning natijador vositasi sifatida muhim ahamiyat kasb etayotganini taʼkidlash oʻrinlidir.
Viloyat IIB boshligʻi Rahmat Mamatovning bu galgi fuqarolar qabulida ham turli masalalar eshitildi. Odamlarni qiynayotgan tashvish va muammolarga yechim topish choralari izlandi.
Aliment qarzdorligini undirish, yoʻllarni asfaltlashtirish, nizoli holatni hal etish, firibgarlik, tergov faoliyati, bandlik, pul oldi-berdisi kabi murojaatlar eshitilib, ularning aksariyatiga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi.
Yechimi muddat talab qiladigan masalalar ijrosi nazoratga olindi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati









