Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi rahbariyatining navbatdagi shaxsiy qabuli boʻlib oʻtdi
2025-05-05 09:00:00 / Yangiliklar

IIV Jizzax akademik litseyida boʻlib oʻtgan qabulda fuqarolar ishga joylashish, qayta tiklash, firibgar tomonidan yetkazilgan zararni undirish, haqorat qilgan shaxsga chora koʻrish, tergov bilan bogʻliq jarayonlar, oilaviy nizolarga barham berish va yoʻl transport hodisasi boʻyicha ishni qayta koʻrish kabi 10 dan ortiq masalalar yuzasidan murojaat qilishdi.
Qabulda boshqarma boshligʻiga rahmat aytgani kelgan fuqarolar ham boʻldi.
Oʻz navbatida, koʻtarilgan masalalarni hal qilish boʻyicha ichki ishlar organlari masʼullariga topshiriqlar berildi.
Maʼlumot oʻrnida aytish kerak, ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining shaxsiy qabuli har yakshanba kuni kunning birinchi yarmida IIV Jizzax akademik litseyida tashkil qilinmoqda.
Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati









