Buxoro shahridagi “Kasbiy koʻnikmalar markazida” oʻtkazilgan viloyat hokimi boshchiligidagi masʼullarning ommaviy sayyor qabuli aholining muammolariga yechim boʻldi
2025-05-04 11:00:00 / Yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilinganidek, bugun Buxoro shahridagi “Kasbiy koʻnikmalar Markazi” da viloyat hokimi boshchiligidagi masʼul rahbarlar tomonidan navbatdagi ommaviy sayyor qabul oʻtkazildi.
Bunda, Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi tomonidan 20 ga yaqin fuqarolarning sud-huquq hamda ichki ishlar organlari faoliyati bilan bogʻliq murojaatlari birma-bir koʻrib chiqildi.
Aholining huquqiy savodxonligini oshirish, surishtiruv, tergovga qadar tekshiruv va dastlabki tergov harakatlari davomida vujudga kelayotgan muammolarni aniqlash, xodimlar tomonidan yoʻl qoʻyib kelinayotgan tizimli kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq va tezkor choralar qoʻllanilib, asosiy eʼtibor, murojaatlarning joyida hal etilishiga qaratildi.
Qoʻshimcha oʻrganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun ish yurituviga olingan murojaatlar yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.
Boshqarma boshligʻining bu kabi sayyor qabullari tasdiqlangan grafik asosida davom ettiriladi.
Shaxsiy va sayyor qabullarning oʻtkazish kuni va joyi toʻgʻrisida viloyat Ichki ishlar boshqarmasining rasmiy sahifalari orqali eʼlon qilib boriladi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati





