Namangan viloyati Pop tumanining “qizil” toifadagi mahallalarida ishchi guruh tomonidan oʻrganish ishlari olib borildi
2025-05-04 10:20:00 / Yangiliklar

Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati boshchiligidagi ishchi guruh “qizil” toifadagi mahallalarda oʻrganish ishlarini olib borib, jinoyatchilikning oldini olish va kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish boʻyicha masʼul xodimlarga amaliy yordam berib kelmoqda.
Bugun ishchi guruh Pop tumanining “Paxtakor” va “Guliston” mahallalari yettiligi hamda ushbu hududga biriktirilgan masʼul xodimlarning faoliyatini oʻrgandi. Oʻrganishlar davomida mahalla aholisi bilan yetarlicha ishlar tashkil etilmaganligi, yoshlar, ishsizlar va jinoyat sodir etishga moyil shaxslar bilan alohida ish olib borilmaganligi natijasida jinoyatlar sodir etilganligi tanqid qilindi.
Shuningdek, mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish maqsadida “xonadonbay” va “fuqarobay” ish tashkil etish, nizoli oilalarning muammolarini oʻrganish, kuzatuv kameralari orqali hududni nazorat qilish va yettilikning oʻzaro hamkorligini kuchaytirish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati





