Namangan viloyat IIB rahbariyati boshchiligidagi ishchi guruh “qizil” toifadagi mahallalarda sodir etilgan jinoyatlarning kelib chiqish sabablarini oʻrganmoqda
2025-05-03 09:00:00 / Yangiliklar

Namangan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Chortoq tumanining “Oʻrikzor”, Yangiqoʻrgʻon tumanining “Qorapolvon” va “Soy boʻyi” mahallalarida boʻlib, ushbu mahallalarda sodir etilgan jinoyatlarning kelib chiqish sabablari hamda kriminogen vaziyati atroflicha muhokama qilindi.
Oʻrganishlar davomida, mahalla yettiligi va hududga biriktirilgan masʼul xodimlarning oʻzaro hamkorligi toʻgʻri tashkil etilmaganligi, aholi muammolari oʻrganilmaganligi, shu bilan birga, xonadonlarni qoʻriqlovga olish hamda kuzatuv kameralarini oʻrnatish ishlari yetarli darajada olib borilmaganligi keskin tanqid qilindi.
Shuningdek, mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga chek qoʻyish, aholi bilan doimiy muloqotda boʻlib, ularning muammolarini oʻrganib borish hamda boshqa ustuvor vazifalar yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati







